loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti, Jamoatchilik kengashi raisi Botir Zaripov “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun Navoiy viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, aholi, avvalo, yoshlar qalbida vatanparvarlik, amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirishda o‘zining fidoyiligi, tashabbuskorligi bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ma’naviyat sohasi vakillariga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Botir Po‘latovich Zaripovning ham borligi biz uchun yuksak faxr va iftixordir.

Oliygohimizda fidoyilarimiz, nishondorlarimiz safi yanada kengayaversin!