loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda Xotin-qizlar maslahat kengashi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30-avgust kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlarning maslahat kengashi o‘tkazildi. Unda institut rekrori, professor Muxiddin Kalonov ishtirok etib, eng ulug’ va eng aziz ayyomimiz — Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan soha fidoyilarini tabriklab, jamiyat rivojida xotin-qizlarning o‘rni nihoyatda baland ekanligini e’tirof etdi. Shu bilan birga, yangi o‘quv yilida yangicha g’oyalar, istiqbolli rejalar va takliflar haqida to‘xtaldi.

Kengash davomida samarali faoliyat olib borgan xotin-qizlar faollariga institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi.

Taqdirlangan xotin-qizlar maslahatchilari ko‘rsatilgan e’tibor va e’tirofdan minnatdorchilik bildirdilar. Yangi 2024-2025-o‘quv yilida “Hamjihatlikda, tashabbuskorlik bilan ishlaymiz” degan maqsadni o‘z oldilariga qo‘ydilar.