loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz” g‘oya asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

 Joriy yilning 30-avgust kuni Mudofaa vazirining 2024-yil 19-aprel kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 314-sonli buyrug‘iga asosan haftaning har juma kunlari “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari ishtirokida “Mustaqillik oyligi” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlab “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz” degan g‘oya asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.Muydinov rahbarligida O‘zbekiston veteran jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisi O‘ralov Mamasoli Rabbimovich, NavDPI tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” xodimi, tarix fani oʻqituvchisi Saibov Dilshod Kamiljonovich, o‘zining ma’ruzasida 1937-1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan.

 

Ular orasida atoqli davlat va siyosat qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan. Bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlanganligi to‘g‘risidagi faktik ma’lumotlar hamda 2021-2024-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qurbonlarining nomlari oqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham aytib o‘tildi.