loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Sarbozor” mahallasida yangi tibbiyot punkti ochildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18-mart kuni Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni ijrosini taʼminlash, aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida hududlarda yengil konstruksiya asosida mahalla tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda.

Jumladan, Navbahor tumani “Sarbozor” mahallasida ham yangi tibbiyot punkti qurilib, foydalanishga topshirildi. Majmuaning ochilish marosimida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov, Navbahor tumani hokimi Azamat Oʻroqov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Mahalla aholisining yaratilgan shart-sharoitlardan mamnunligi xursandchiligidan bilinib turdi.