loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Sarbozor” MFY aholisi uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan Navbahor tumani “Sarbozor” MFY aholisi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri va konsert dasturi tashkil etildi.

Tabdirda Navbahor tumani hokimi A.Oʻroqov, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi Gʻ.Aliyev, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori M.Kalonov ishtirok etib, mahalla ahlini yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 33 yillik bayrami bilan muborakbod etishdi.

Tashkil qilingan bayram tadbiri doirasida mahalla yoshlari oʻrtasida sportining voleybol, shaxmat, kurash turlari boʻyicha “Rektor kubogi” bahslari oʻtkazildi. Shuningdek, sport turlari boʻyicha faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan mahalla aholisiga institutning qimmatbaho esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.

Konsert dasturida Navoiy viloyatining xushovoz sanʼatkorlari, Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilarning diltortar taronalari, kuy-qoʻshiqlari tadbir ishtirokchilariga unutilmas lahzalarni bagʻsh etib, barchani raqslarga chorladi.