loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektorining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi

Qabulda asosan oliy ta’lim muassasasiga turli lavozimlarga ishga qabul qilish, dars soati ajratishga doir murojaatlar tinglandi. Xususan, 6 nafar murojaatchining ish masalasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan masalalar tegishli prorektorlar, bo‘lim boshliqlari va institut bosh yuristkonsulti ishtirokida o‘rganib chiqilishi ta’kidlanib, murojaat bilan yuzlangan fuqarolarga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Qabul yakuniga ko‘ra, fuqarolarning muammolari yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.