loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Toshkentda ikkinchi Oʻzbekiston-Belarus ayollari biznes-forumi oʻtkazildi

2024-yilning 26-27-avgust kunlari Toshkent shahrida Oʼzbekiston-Belorus ikkinchi ayollar forumi boʻlib oʻtdi.

Ikkinchi biznes-forumda yetti seksiya, yaʼni xizmatlar sohasi, elektr texnik sanoati, kimyo sanoati, yengil sanoat, qishloq va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va elektr energetika va “yashil” energetika yoʻnalishlari boʻyicha majlislar tashkil etildi.

Seksiya majlislari va koʻrgazma oʻtkaziladigan joylarda ikki mamlakat tadbirkor ayollari va davlat organlari oʻrtasida “B2B” va “G2B” formatidagi uchrashuvlar, shuningdek, tijorat shartnomalari, bitimlar va hamkorlik memorandumlari tuzish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Navoiy davlat pedagogika institutidan Gulsanam Norova ham mazkur forumda qatnashib, bir qator seksiyalarda oʻz maʼruzalari bilan faol ishtirok etdi.

Qayd etish joiz, mazkur biznes-forumdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining biznes va iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, yangi hamkorlik imkoniyatlarini izlash va mavjudlarini kengaytirish, tajriba almashish, ikki mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshish, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xotin-qizlarni keng jalb qilishdir.