loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MILLAT FIDOYILARI!

 Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida, Navoiy shahridagi 7532-son harbiy qism 2-bataliyoni harbiylari  bilan hamkorlikda “Millat fidoyilari” nomli axborat va ma’naviyat soati dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Ushbu dars mashg‘ulotida muzey xodimlari tomonidan belgilangan mavzu bo‘yicha muzey ekspozitsiyasi tushuntirildi hamda muzey o‘quv xonasida nazariy bilimlar asosida mustahkamlandi. Instituti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi xodimi, tarix fani o‘qituvchisi D.K.Saibov dars davomida ishtirokchilarga quyidagi ma’lumotlarni o‘zining dars mashg‘uloti davomida: “Tarixdan ma’lum, Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari-uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur”, ekanligi hamada ma’rifatparvar bobolar g‘oyalarini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinganligi, Buxorodagi tarixiy maskanda Jadidlar merosi davlat muzeyi tashkil etilganligi , “Jadid” nomli yangi gazeta tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirib o‘tildi.

 

Shuningdek, Davlatimiz rahbari 2020-yil 30-sentabr kuni “O‘qituvchi va murabbiylar” munosabati bilan ziyolilarga murojaatida esa jadidchilik harakati va uning yirik namoyandalari haqida to‘xtalib, “…mamlakatimizda Uchinchi Renessansni XX asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi… Bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo‘lda ular o‘zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar” dedi hamda uch jadid – Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonovni istiqlol, ozodlik, erkinlik uchun qilgan fidokorligi, milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishdagi hissasi o‘laroq “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlaganini bildirdi. O‘z davridayoq “Turkiston jadidchilik harakati otasi”, deb e’tirof etilgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning qilgan xizmatlari e’tirof etilib, davlatimiz rahbari tomonidan munosib taqdirlanganligi to‘g‘risida ham dars mashg‘uloti davomida ma’lumotlar keltirib o‘tdi. Dars qizg‘in savol-javob va munoza bilan tashkil etildi.