Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida 24-25 avgust kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi ham bugun xayriya hasharida faol ishtirok etdi. Institutning Mahmud Tarobiy ko‘chasidagi umumiy yer-maydonida barcha ishchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamjihatlikda, yuqori kayfiyatda hashar ishlarini bajarishdi. Ular uchun doshqozonda ehson oshi tayyorlanib, tortiq etildi hamda Qur’on tilovat qilinib, yaxshi niyatlar bilan qo‘llar duoga ochildi.
Mustaqillik ayyomiga munosib hozirlik yuzasidan hashar orqali amalga oshirilgan barcha ezgu amallar hudularimizga chiroy va tartib berish bilan birga, jamiyatning birligini va hamjihatligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.