Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovning buyrugʻiga binoan, barcha fakultetlarda yangi 2024/2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari masʼul rahbar va boʻlimlar tomonidan oʻrganilmoqda.
Xususan, bugun Oʻquv ishlari boʻyicha v.v.b. prorektor I.Zaynutdinov oʻquv-uslubiy boshqarma xodimlari va boshqa mas’ullar bilan birga Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandi.
Fakultetlarning umumiy sig‘imi 720 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 18 tani tashkil qiladi.
Matematika-informatika fakulteti o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari yetarli darajada. Professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar mavjud. Jumladan, 100 ga yaqin kompyuter, 24 ta planshet va 20 noutbuk, 10 ta videoproektor, 2 ta elektron doska, 2 ta kodoskop va 2 ta epidoskop mavjud.
Fizika-texnologiya fakultetida 28 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritadi. Ular tomonidan fanlar kesimida O‘UMlar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 100 ga yaqin kompyuter, 24 ta planshet va 1 ta noutbuk (1 ta kompyuter sinfi), 6 ta videoproyektor, 6 ta elektron doska, 2 ta kodoskop va 2 ta epidoskop mavjud.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ikkala fakultetning ayrim xonalari hamon tayyor emasligi, ya’ni parta va stullar bo’yalmaganligi, ayrim xonalarda ta’mirlash ishlari boshlangan bo‘lsada, hali ishlar yakunlanmagan; yoritgichlar yetishmasligi, pardalar ilinmaganligi, kabel va simlar, kuzatuv kameralari nosozligi va boshqa kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Bularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.
Auditoriyalarda doska, elektron doska, kompyuter xonalariga sovutish jihozlari, yoritish tizimlarini yuqori sifatlisiga almashtirish kabi ishlarni institut tomonidan amalga oshirilishi ta’kidalandi.