Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga Navoiy viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash Markazi chaqiriluvchilari hamda Navoiy shahridagi 7532-son harbiy qism 2-bataliyoni harbiylari tashrif buyurishdi ularga muzeyning yaratilish tarixi hamda yoshlar tarbiyasi va ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni katta ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek muzey xodimlari tomonidan tashrif buyurganga: 2001-yildan buyon 31-avgust “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. Jadid bobolarimizning ruhlarini shod etish, hayoti va merosini o‘rganishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. Mustaqillikka erishish oson bo‘lmagan. Istiqlolimizga 33-yil bo‘lgani bilan bobolarimiz 100 yillar oldin bunga harakat qilgan. 100 mingdan ortiq vatandoshlarimiz qatag‘onga uchrab, 13 ming nafari shafqatsiz otib tashlangan.
Ular eng katta qahramonlarimiz, millatning xazinasi bo‘lishgani, shuningdek teran bilim sohibi sifatida 2-3 tadan til bilishgan. Vatanimizni ozod qilib, taraqqiyotga olib chiqishini bilishgan. Ma’lumki, mustabid tuzum faqat jadidlarni yo‘q qilish bilan cheklanib qolmagan. O‘tgan asrning 80-yillarida ham minglab vatandoshlarimiz turli bo‘htonlar bilan qamoqqa olingan, xo‘rlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirib o‘tildi.