“IT Park” Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda sovrin jamg’armasi 1 million dollarni tashkil etuvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi to’lqini boshlanganini e’lon qiladi.
President Tech Award — bu har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, uning maqsadi yosh IT-mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Asosiy yo‘nalishlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish, kompyuter yoki mobil o’yinlarni ishlab chiqish, Michro-Saas va AdTech sohalarida texnologik yechimlar, ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.
Mahsulotning innovatsionligi, funksionalligi va hayotning turli jabhalarini yaxshilash salohiyati baholashning muhim mezonlari hisoblanadi.
Umumiy sovrin jamg’armasi 1 million dollarni tashkil etadi va u har bir yo’nalishdagi eng istiqbolli uchta loyiha o’rtasida taqsimlanadi. Asosiy yo’nalishlar bo’yicha tanlovda O’zbekiston Respublikasining 16 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha fuqarolari ishtirok etishi mumkin. 5 ta asosiy yo’nalishlardan birida ishtirok etish uchun 3-8 kishidan iborat jamoa yig’ilishi talab etiladi.
Tanlov haqida batafsil: https://awards.gov.uz/president-tech-award/#terms-of-participation
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://awards.gov.uz
https://t.me/PresidentTechAward