Xabar berib borayotganimizdek, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovning buyrugʻiga binoan, barcha fakultetlarda yangi 2024/2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari masʼul rahbar va boʻlimlar tomonidan oʻrganilayapti.
Bugun Oʻquv ishlari boʻyich v.v.b. prorektor I.Zaynutdinov oʻquv-uslubiy boshqarma xodimlari va boshqa mas’ullar bilan birga Sanʼatshunoslik fakultetida boʻlib, barcha oʻquv auditoriyalari, faollar zali, oshxona bilan birma-bir tanishib chiqdi. Unda auditoriyalarning mavjud holati va kamchiliklari oʻrganilganda baʼzi bir oʻquv xonalari jipsligi, parta va stullar yetishmasligi, yoruqlik tizimi ham past ekanligi, linoliumlar talabga javob bermasligi kabi bir qator kamchiliklar koʻzga tashlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilib, mutassadilarga koʻrsatmalar berildi.
Umuman olganda, Sanʼatshunoslik fakultetida iqtidolrli va isteʼdodli talabalar tahsil oladi, salohiyatli professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Institut tadbirlari ushbu fakultet talabalari va professor-oʻqituvchilarisiz oʻtmaydi. Fakultetni texnik jihatdan jozibali darajaga yetkazish zarurligi taʼkidlandi.