Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovning topshirig’iga ko‘ra Oʻquv ishlari boʻyicha v.v.b. prorektori I.Zaynutdinov fakultet dekanlari va dekan oʻrinbosarlari bilan yigʻilish olib bordi.
Unda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari, rejalar, bajariladigan galdagi ishlar xususida fikrlashildi.
Ortda qolgan oʻquv yilida fanlarni oʻzlashtiraolmagan, toʻlov shartnomadan qarzi bor talabalarning masalasi ijobiy yechildi. Shuningdek, oʻquv reja va fan dasturilari boʻyicha taʼlim texnologiyasini qaytadan koʻrib chiqish, hemis axborot tizimida mavjud kontentlarni tahlil qilish va shu kabi boshqa masalalar boʻyicha fikrlar almashildi. Fakultet va kafedrlalarni optimizatsiya qilish masalalari koʻrib chiqilishi taʼkidlandi.