Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovning tegishli buyrug’iga binoan, institut oʻquv ishlari boʻyicha v.v.b. prorektori I.Zaynutdinov, oʻquv-uslubiy boshqarma xodimlari Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat, Ingliz tili va adabiyoti hamda Rus va qozoq filologiyasi fakultetlarining 2024/2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik holatini oʻrgandi.
Jumladan, fakultetlar tomonidan taʼlim jarayonini oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha 2024/2025 oʻquv yili uchun tegishli semestrlarda HEMIS axborot tizimida shakllantirilganligi, oʻquv xonalarining sigʻimi hamda oʻquv jihozlari bilan toʻgʻri taqsimlanganligi, talabalar oʻqishini xavfsiz va samarali tashkil etish maqsadida oʻquv binolari va auditoriyalari oʻquv yilini boshlash uchun tayyor holga keltirish (taʼmirlash, kamchiliklarini bartaraf etish) va ularni zarur jihozlar bilan taʼminlanganligi, har bir oʻquv auditoriyasini sanitariya-gigiyena qoidalari asosida tayyorlanganligi hamda taʼlim jarayonini tashkil etish uchun zarur vositalar bilan taʼminlanish holati, oʻquv binolarining atrofida obodonlashtirish ishlari holati kabi jarayonlar boʻyicha oʻrganish olib borilyapti. Mavjud kamchiliklarni tez fursatlarda yakunlash boʻyicha koʻrsatmalar hamda vazifalar belgilandi.