Barchamizga maʼlumki, Mamlakatimizda barcha sohalar qatori sport sohasida ham koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda. Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida bugungi kunda 1000 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Ular orasida Respublika, Osiyo va Jahon chempionlari, yirik sport musobaqalar gʻolib va sovrindorlari yetishib chiqmoqda.
Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari uchun munosib sharoit yaratish, sport sohasida oʻz bilim va tajribalarini yanada boyitish maqsadida, qolaversa, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov topshirigʻiga asosan, yangi oʻquv yilidan boshlab talabalar basketbol, voleybol, qoʻl toʻpi, suzish kabi sport turlari boʻyicha viloyatdagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga ixtisoslashgan maktab hamda boshqa hamkor sport assotsiatsiyalari zallaridan foydalanishadi.
Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi I.Zaynutdinov, Jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.Nurullayev hamda maʼullar basketbol, voleybol, qoʻl toʻpi zallarini borib koʻrib, tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar.