loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektori registratorlik ofisida olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari bilan tanishdi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov registratorlik ofisida olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari bilan tanishdi. Ishlarni sifatli olib borish, mazkur ofisni talab darajasida tashkil qilish va belgilangan muddatda yakunlash boʻyicha koʻrsatma berildi.

Registratorlik ofisi Przeidentimizning topshirigʻiga binoan tashkil etilmoqda. Bu yer talabalarga xizmat koʻrsatadigan, ularni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz murojaatlariga yechim beradigan maskan boʻladi. Oʻqishdan tortib, kontrat toʻlov masalalari, ijara, talabalar uyi, diplom masalalari va boshqa yumishlar bilan murojaat qilganlarga batafsil tushuntirish berilib, muammolariga ijobiy yechim beriladi.