loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektori “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi”ni koʻzdan kechirdi

Navoiy davlat pedagogika institutida yangi 2024/2025 oʻquv yiliga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Institutimiz talabalariga qulaylik yaratish, ularni ijara xonadonlari va talabalar turar joyiga tez va qulay joylashtirish maqsadida institutda “Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” tashkil etilgan hamda bir guruh volontyorlar oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Xususan, talabalarni turar joy bilan taʼminlashda navbatlarning oldini olish, oʻquv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolish ehtimolini bartaraf etish maqsadida, institutda talabalar turar joylarga joylashishiga koʻmak beruvchi “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” talabalarga yordam berishda samarali faoliyat olib bormoqda.

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov hamda Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi direktori Faxriddin Roʻziqulov mazkur markaz faoliyati, bundagi qulayliklar bilan tanishidilar.

Maʼlumot oʻrnida, Talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashmoqchi boʻlgan talabalar 10-sentyabrga qadar ushbu maʼlumotlar markaziga murojaat qilishlari mumkin.