loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tarix fakulteti talabasi yosh tarixchilar 3-yozgi oʻquvlarda ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6017-farmoni ijrosini
taʼminlash, iqtidorli va jamoat ishlarida faol tarixchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻzbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida 2024-yilning 11-19-avgust kunlari Tarix instituti Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda
“Yoshlar oromgohi”da “Yosh tarixchilarning 3-yozgi oʻqishlari” oʻtkazilmoqda.

Eng quvonarlisi, oʻquv mashgʻulotlarini davlatimiz va xalqaro miqyosida tan olingan Tarix instituti tarixchi olimlari tomonidan olib borilmoqda. Unda Turkiyaning Pamukqalʼa universiteti rektori boshchiligidagi tadqiqotchilar va Najmiddin Erbaqon universitetining tadqiqotchilari ishtirok etmoqda.

100dan ortiq tarixchilar ishtirokida boʻlib oʻtayotgan oʻquvda Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi Sitoraxon Buriyeva ham ishtirok etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu oʻquvga yoshlar koʻplab talabgorlar orasidan saralab olinadi va unda jami 100 ta yosh tarixchilar va olimlardan iborat guruh ishtirok etadi. Yozgi o‘qishlar davomida yetakchi tarixchi olimlar ishtirokida ilmiy seminarlar, master-klass darslari, davra suhbatlari, yosh tarixchilar jamoalari o‘rtasida “Zakovat” o‘yinlari va boshqa turli ko‘ngilochar
tadbirlar o‘tkaziladi hamda yozgi o‘qishlar ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.

Loyihada yoshlar nafaqat bilimlarini mustahkamlash, koʻnikmalarini oshirishlarida, balki yozgi taʼtil vaqtini mazmunli oʻtkazishlariga yordam beradi.