Joriy yilning 8-13-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Lochin” oromgohida dunyoning 15 dan ortiq davlatlaridan 1000 ga yaqin yoshlarni o‘zida birlashtirgan “Yoshlar kelajagimiz bunyodkorlari” shiori ostidagi III Xalqaro Turizm va Ekologiya qurultoyi yakuniga yetdi.
Xalqaro qurultoyda Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti “Professional ta’lim: dizayn” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Maftunaxon Kuchmuratova hamda Ozoda Sayfiyevalar Yosh dizaynerlar orasida “Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi” loyihasida o’zlari yaratgan liboslar bilan ishtirok etib, expertlar va soha mutaxassislari tomonidan yuqori baholanishdi hamda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.