loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Yoshlar kelajagimiz bunyodkorlari” shiori ostidagi III Xalqaro turizm va ekologiya qurultoyida institut yoshlari munosib ishtirok etdi

Joriy yilning 8-13-avgust kunlari dunyoning 15 dan ortiq davlatlari ishtirok etgan “Yoshlar kelajagimiz bunyodkorilari III Xalqaro qurultoyi”da Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlari, jumladan, yoshlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, yoshlar yetakchisi Akmal Zokirov Navoiy viloyati turizm elchilar Kengashi raisi etib saylangan bo‘lsa, yosh ekologlar harakati Navoiy viloyati raisi etib Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi, yoshlar koordinatori Kamronbek Sultonmurodov saylandi. Shuningdek, San’atshunoslik fakulteti koordinatori Zafar Bekboyev boshchiligida Navoiy jamoasi «Biz, bir jamoamiz-salom qurultoy» shartida munosib ishtirok etib, maxsus sertifikat hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.