loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha oʻqishini tamomlagan talabalarga diplomlari topshirildi

Navoiy davlat pedagogika instituti va Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti oʻrtasida imzolangan “Hamkorlik toʻgʻrisida”gi xalqaro memorandumga muvofiq 2020/2021-oʻquv yilidan boshlab Oʻzga tilli guruhlarda rus tili hamda Psixologiya: amaliy psixologiya bakalavr taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshma “2+2” taʼlim dasturi boʻyicha talabalar Polotsk davlat universitetida taʼlim olishdi.

Shu yilning iyul oyida Oʻzga tilli guruhlarda rus tili hamda Psixologiya: amaliy psixologiya taʼlim yoʻnalishida tahsil olgan 23 nafar bitiruvchi talabalarga Polotsk davlat universiteti diplomi tantanali topshirilgan edi.

Bugun, 9-avgust kuni ushbu qoʻshma taʼlim dasturi asosida tahsil olib, Polotsk davlat universitetini tugatgan talabalarga qo‘shma ta’lim diplomlari tantanali topshirildi.

Hammamizga maʼlumki, Yurtboshimiz tashabbuslari bilan juda koʻplab xorijiy davlatlar bilan oliy taʼlim sohasida hamkorlik aloqalari oʻrnatilib kelinmoqda. 2019-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti va Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti oʻrtasida ham memorandum va shartnoma imzolanib, shuning doirasida 2020-2021-oʻquv yilida “2+2” qoʻshma taʼlim dasturi asosida Oʻzga tilli guruhlarda rus tili hamda Psixologiya: amaliy psixologiya  bakavlariat taʼlim yoʻnalishilariga talabalar qabul qilingan edi. Bugun mana shu qoʻshma taʼlim dasturi asosida 4 yil davomida oʻqib, ushbu taʼlim yoʻnalishlarini 23 nafar talabalarimiz muvaffaqiyatli tugatdilar. Ushbu bitiruvchilar shartnomaga asosan bugun oʻz mutaxassisliklari boʻyicha 2 ta diplomga, yaʼni Polotsk davlat universiteti va Navoiy davlat  pedagogika institutining diplomlariga ega boʻlmoqdalar.
Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari, bitiruvchilar va ularning yaqinlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.