loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Tibbiyot fakulteti talabalari sifatli ta’lim olishlari shart!” — professor M.Kalonov

Tibbiyot fakulteti talabalariga sifatli ta’lim berish, ularga yetarlicha shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filialiga tashrif buyurib, bu yerdagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur malaka oshirish markazida 28 ta oʻquv xonasi, 14 ta simulyatsiya-trening xonasi, 2 ta kompyuter xonasi, 150 oʻrinli faollar yigʻingohi, kutubxona, bundan tashqari 100 oʻrinli yotoqxona, 100 oʻrinli ovqatlanish oshxonasi mavjud.

Institut rektori har bir oʻquv va laboratoriya, simulyatsiya xonalariga kirib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish asnosida Tibbiyot fakulteti talabalarini bu markazdan foydalanishlari uchun markaz direktori bilan kelishuvga erishdi. Endilikda fakultet talabalari bu yerda ham oʻqib, ham amaliyot oʻtaydi.

Markaz 12 dan ortiq xorijiy mamlakatlar, jumladan, Yaponiyaning AOIKAI, JICA hamda Turkiya davlatining “Turkish-lab” tashkiloti, “Soliq bilimlar universiteti”, Germaniyaning Lyudvigsxafen universiteti, Xitoy, Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan va shu davlatlardan tibbiy asbob-uskunalari keltirilgan.

Navoiy davlat pedagogika instituti hamkor tashkilotga hamkorligi uchun minnatdorlik bildiradi.