loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor topshirig’i ijrosi: Tibbiyot fakulteti talabalari uchun 113 mln so‘mlik darslik o‘quv adabiyotlari xarid qilindi

Navoiy davlat pedagogika instituti talabalariga sifatli taʼlim berish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, iqtidorlarini namoyon etishlari uchun oʻquv hamda badiiy adabiyotlar bilan toʻliq taʼminlash, shuningdek, malakali tibbiyot xodimlarni tayyorlash maqsadida Tibbiyot fakulteti talabalari uchun qariyb 113 mln soʻmlik darslik va oʻquv qoʻllanmalar xarid qilindi.

Xarid qilingan dasrliklar tibbiyot sohasidagi eng soʻngi maʼlumotlar bazasi hisobolanadi. Jumladan, “Pediatriya”, “Patologik fiziologiya”, “Patologiya anatomiya”, “Klinik allergologiya”, “Klinik immunologiya”, “Gematologiya”, “Tibbiy biologiya va genetika”, “Travmatalogiya va ortopediya, bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi” kabi oʻquv dasrliklari talabalarni tibbiy sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.