loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor topshirigʻi ijrosi taʻminlanmoqda: institut huzuridagi Akademik litseyida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari ketmoqda

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov topshirigʻiga asosan, yangi oʻquv yilini yuqori kayfiyatda kutib olish, talabalarga munosib shart-sharoit yaratish, sifatli taʼlim berish, shuningdek, binolarni tozaligi, obodonlashtirish va taʼmirlash ishlarini ham yuqori darajada davom ettirish masalasi har bir fakultetda, akademik litsey hamda texnikumda jadal olib borilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika instituti Akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevralda “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida”gi 77-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-3290 sonli qaroriga asosan Navoiy davlat pedagogika instituti tasarrufiga oʻtkazilgan.

Navoiy shahri Spitamen koʻchasi 14-uyda joylashgan litseyda 25 ta oʻquv, 8 ta yordamchi va laboratoriya xonalaridan tashqari maʼnaviyat xonasi, sport zal, faollar zali, oshxona mavjud. Bugungi kunda litsey fondida 7 ta interaktiv elektron doska, 75 ta kompter jamlanmalari mavjud boʻlib, shundan, 29 ta informatika oʻquv xonasida, 26 ta xorijiy til oʻquv xonalarida, 6 ta kutubxonada, 14 ta tashkiliy boʻlimlarda foydalanib kelinmoqda.

Akademik litseyni 2023-2024 oʻquv yilida jami 206 nafar oʻquvchi bitirdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra akademik litsey bitiruvchilarining toʻplagan oʻrtacha ball koʻrsatkichi 137,23 ga teng boʻlib, bu viloyat taʼlim muassasalari boʻyicha 1-oʻrin, Respublika akademik litseylari oʻrtasida 3-oʻrinni egalladi. Jami 414 nafar oʻquvchilardan 136 nafari xorijiy tillarni bilish sertifikatini qoʻlga kiritdi. Shundan 32 nafari Xalqaro sertifikat, 98 nafari Milliy (B2) sertifikati, 6 nafari Milliy (S1) sertifikatiga ega boʻldi.

Bugungi kunda litseyda 56 nafar oʻqituvchilar faoliyat yoʻritmoqda. Ularning 3 nafari fan nomzodi, 2 nafari falsafa fanlari doktori (PhD), 22 nafari bosh oʻqituvchi, 8 nafari yetakchi oʻqituvchi, 14 nafari katta oʻqituvchi, 7 nafari oliy maʼlumotli pedagog xodimlarni tashkil etadi.