loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda “Talabalarni turar joylarga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazi” faoliyat olib bormoqda

Navoiy davlat pedagogika instituti talaba yoshlariga qulaylik yaratish maqsadida turar joylarga joylashishga koʻmak beruvchi markaz oʻz faoliyatini boshlagan. Ushbu markazni tashkil etishdan maqsad talabalarni ishonchli turar-joylarga joylashtirish masalalari bilan bogʻliq murojaatlarini hal etishdan iborat.

Institutning 1-,2- va 3-sonli talabalar turar joylarida tashkil etilgan ushbu markazda Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari hamda institutning koʻngilli mutaxassislari tomonidan murojaatchilar uchun kerakli maʼlumotlar berilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 1400 oʻringa moʻljallangan 5 ta talabalar turar joyi kompleksi mavjud.