loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Prezident topshirig’i — amalda: institutda Registrator ofisi tashkil etiladi

Joriy yilning 20-iyun sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʻlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida har bir oliy taʼlim muassasalarida xorijiy OTMlar kabi “Registrator ofisi” tashkil qilish vazifasi yuklangan.

Shundan kelib chiqib, ayni kunlarda Navoiy davlat pedagogika institutida ham talabalarga xizmat koʻrsatuvchi markaz, yaʼni registrator ofisini joriy qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.