loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NDPI akademik litseyi o‘quvchilari test sinovlarida eng yuqori natijalarni qayd etdi

Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyini 2023-2024 o‘quv yilida 206 nafar bitiruvchilar tamomladi. Ulardan qariyb 85 nafari xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlovchi B2 sertifikati sohibi bo‘lgan bo‘lsa, 19 nafari xalqaro darajadagi IELTS sertifikatini qo‘lga kiritishgan. 38 nafar bitiruvchi ikkita fandan sertifikatga ega.

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinov imtihonining I bosqichida litsey o‘quvchilaridan uch nafari eng yuqori ko‘rsatgich 189 ballni egallab, ustozlari va ota-onalari yuzini yorug’ qilishdi. Bitiruvchilarimizning qolganlari ham munosib ballarni egallashib, ikkinchi bosqichda ham o‘zlari xohlagan oliy o‘quv yurtlarini tanlashdi.

Akademik litsey o‘quvchilariga o‘zlari tanlagan oliy o‘quv yurtlarining talabalari bo‘lib, kelajakda O‘zbekistonimiz uchun munosib farzandlar, ishonchli va sadoqatli kadrlar bo‘lishiga tilakdoshmiz.