loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Biz talabalarni oʻz xonadoni kabi qulay, sifatli sharoitlarda yashashiga va taʼlim olishiga masʼulmiz” — professor M.Kalonov

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov institutning 1-,2-,3- sonli talabalar turar joylarida tashkil etilgan “Talabalarni turar joylarga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish” markazini borib koʻrdi. Ushbu markazga kelib murojaat qiladigan talabalar va ularning yaqinlari uchun, shu bilan bir qatorda, markazda faoliyat olib boradigan mutaxassislar uchun yetarli sharoitlarni yaratish kerakligini taʼkidladi. Bu boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Maʼlumot uchun, shu yilning 1-avgustidan Navoiy davlat pedagogika institutida “Talabalarni turar joylarga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” faoliyatini oʻz ishini boshlagan. Markazda talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha alohida shtab tashkil etilib, TTJga joylashish uchun topshirilgan arizalar koʻrib chiqilmoqda.

“Talabalarni turar joylarga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” bilan tanishish barobarida institut rektori, professor M.Kalonov institutning 1400 oʻringa moʻljallangan barcha talabalar uylarini birma-bir borib, har bir qavat boʻyicha oʻrgandi. Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi. Xususan, tozalik, obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari: oshxona, kirxona, sanuzel, tashabbus xonalari, yotoq joylar barcha barchasi institut rektorining diqqatida bo‘ldi.

“Biz — Navoiy davlat pedagogika instituti talabalarni oʻz xonadoni kabi qulay, sifatli sharoitlarda yashashiga va taʼlim olishiga masʼulmiz”, deya taʼkidladi professor Muxiddin Kalonov.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 500 oʻrinli 1-sonli, 350 oʻrinli 2-sonli, 400 oʻrinli 3-sonli va 150 oʻrinli 4va 5-sonli talabalar turar joylari faoliyat koʻrsatmoqda.