loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Oʻtgan o‘quv yilida oliygohimiz OAV diqqat markazida boʻldi

Navoiy davlat pedagogika instituti rahbarlarining fuqarolarga taʼlim xizmatlari koʻrsatish qamrovi va sifatini oshirish, taʼlim jarayonini ilgʻor oliy taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishi yuzasidan 2023/2024 oʻquv yilida Ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar boʻyicha

M A ʼ L U M O T

Navoiy davlat pedagogika instititida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va moliya-iqtisod ishlaridagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 2023/2024 oʻquv yili davomida  rasmiy va norasmiy manbalarda, sayt va ijtimoiy tarmoqlarda, televideniye hamda gazetalarda – umumiy hisobda 35 ta axborot manbalarida jami boʻlib 570 marotaba chiqishlar amalga oshirildi.

Jumladan, “Oʻzbekiston 24” telekanalida 22 ta, Navoiy MTRK (Diyor 24) 153 ta, “Oʻzbekiston tarixi” telekanalida 1 ta, “Yoshlar” telekanalida 1 ta – jami 177 marotaba efir amalga oshirildi.

Markaziy saytlar, yaʼni Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Uza) saytida 37 ta, “Yangi Oʻzbekiston” saytida 31 ta, “Xalq soʻzi” 2 ta – umumiy 70 ta;

Bosma nashrlar (gazetalar)da: “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalarida 23 ta, “Pravda Vostoka” gazetasida 5 ta, “Xalq soʻzi” 1 ta, “Yangi Oʻzbekiston” gazetasida 1 ta, “Bekajon plyus” ” gazetasida 1 ta, “Posta – na postu” gazetasida 1 ta, “Paxtachi farzandlari” gazetasida 1 ta – jami 33 ta maqola chop etildi.

Vazirlikning Edu.uz hamda OTFIV_rasmiy sahifalarida 30 ta, Manaviyat.edu.uz da 17 ta, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining telegram sahifasida 1 ta, Sport vazirligining sahifasida 2 ta, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy sahifalarida 1 ta, Jurnalistlar.uz sahifasida 1 ta –  umumiy 52 marotaba chiqish amalga oshirildi.

Viloyatning markaziy ijtimoiy tarmoqlarida: viloyat hokimligining telegram kanalida 94 ta, “Navoiyliklar” sahifasida 19 ta, “Navoiy kanal” 1 ta, Markaz 24 1 ta, Navoiy shahar hokimligi 3 ta, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi sahifasida 3 ta – umumiy 121 ta.

Shuningdek, turli ijtimoiy tarmoqlar, telegram kanallarida, hususan,  Yoshlar karvoni 1ta, OTFIV viloyat boshqarmasi 19 ta, Yoshlar ishlari agentligi 2 ta, Oliy taʼlim yangiliklari va yutuqlari 8 ta, Navoiy bolalar teatri 1 ta, Effekt uz 3 ta, Navoiy mahallalari 1 ta, viloyat sport boshqarmasi 24 ta, OʻzJU Navoiy viloyati boʻlimi 1 ta, Yoshlar ittifoqi 51 ta – jami 111 ta chiqishlar amalga oshirildi.

Radio eshittirishlarida 6 ta.

Institutning rasmiy kanalida 2023-yilning 2-yanvaridan 31-dekabr kuniga qadar 6299 ta maʼlumot joylangan.