Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 24-mayda “Saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish haqida”gi qarori yuzasidan Oʻzbekiston mahallari uyushmasi raisi Q.Quronboyev rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Navoiy viloyati studiyasidan Navoiy viloyati hokimligi mutasaddilari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi Gʻ.Aliyev, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi boshligʻi R.Hayitova va boshqa masʼul rahbar va xodimlar hamda hududiy trenerlar qatnashdilar.
Yigʻilish oʻquv-amaliyot mashgʻulotlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika, hududiy va tuman (shahar) shtablarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda ular oʻrtasida doimiy muloqot va ijro intizomini taʼminlashda masʼullar oldida turgan vazifalar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquvlarni tashkil etish va oʻqyv-uslubiy materiallar va oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻtkazish hamda oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlarini muvofiqlashtirish, Respublika va hududiy trenerlar tarkibini shakllantirish, ularni oʻquv jarayoniga jalb etishni tashkil etish hamda yoshlarni saylov jarayoniga keng jalb qilish kun tartibidan oʻrin oldi.