Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov topshirigʻiga koʻra institut hududiga kirib-chiqishni nazoratga olish, xavfsizlikni taʼminlash hamda talabalar, xodimlar va professor-oʻqituvchilar ishga va oʻqishga kelish vaqtini tizimlashtirish va boshqa salbiy omillarni oldini olish maqsadida binolarining kirish qismida nazorat oʻtkazuvchi raqamlashtirilgan “Face-Id” tizimi va qurilmalarini oʻrnatish vazifasi qoʻyilgan edi.
Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida institutning barcha binolarida kirish qismida “Face id” uskunalarini oʻrnatish ishlari boshlandi.