Respublika o’rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisosladhtirish markazi Navoiy filiali direktori, Navoiy davlat pedagogika instituti Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi mudiri (PhD) Vali Turakulov va kafedra assistenti Javlobek Berdiqulovlar Vitebsk davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurishdi. Ularni Vitebsk davlat tibbiyot universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Denis Nikolayevich kutib oldi.
Tashrif davomida ikki tomonlama o’zaro o’quv dasturlar, amaliy jarayonlar, pedagog o’qituvchilar, talabalar almashinuvi va akademik mobillik to’g’risida muzokaralar olib borildi. Tashrif so‘nggida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori i.f.d., professor Muxiddin Kalonov va Vitebsk davlat tibbiyot universiteti rektori t.f.n, dotsent Aleksey Chukanov tomonidan imzolangan memorandumlar almashinildi.