25-iyul kuni Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan test sinovlarining so‘nggi 12-kuni o‘z nihoyasiga yetdi.
Yurtimizda barcha test sinovlari o‘tkazilgan binolardagi kabi Navoiy shahridagi 3 ta obyektda ham imtihon jarayonlari ochiq va oshkora, shaffof olib borildi.
Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligidagi “volontyorlar guruhi“ huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, tibbiyot vakillari, bilim va malakalarni baholash agentligi bilan birgalikda o‘z o‘rnida fidokorona faoliyat ko‘rsatishdi.
Abituriyentlar va ularning barcha yaqinlari uchun esa soya-salqin joylar tayyorlandi. Endi oldinda yana-da hayajonli va mas’uliyatli jarayon, ya’ni olingan bilimlar natijasi sarhisob qilinadi.
Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz. Talabalik baxti nasib aylasin!