loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektori NDKTUda o‘tkazilgan diplom topshirish marosimida ishtirok etdi

Bugun Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Oq yo‘l Sizga, aziz bitiruvchilar” nomli taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov ham qatnashib, bir guruh bitiruvchi yoshlarga mutaxassislik diplomlarini topshirdi.

Marosimda bir qator yoshlar va ota-onalar so‘zga chiqib, malakali muhandis kadrlar yetishtirishda jonbozlik ko‘rsatayotgan ustozarga minnatdorchilik bildirishdi. Konsert dasturi hayajonli va taassurotga boy tadbirga yanada shukuh bag‘ishladi.