loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!

Boʻlajak Olimpiya oʻyinlari rasman 26-iyul – 11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz ishtirokini bugun futbolchilarimizning Ispaniyaga qarshi oʻyini bilan boshlaydi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya qoʻlga kiritgan. Hamyurtlarimiz futbol, kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi dasturlarida Olimpiya oʻyinlarida debyut qiladi.

Fursatdan foydalanib, oldinda turgan masʼuliyatli musobaqa har bir sportchimizga omad va zafarlar yor boʻlsin deb, jonajon Vatanimizga tarixiy natijalar bilan qaytishlarini tilab qolamiz!