loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zIHHQJF raisi hamda NDPI rektori ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasidgi tadbirlar ijrosini o‘rganish, muvofiqlashtirish maqsadida bugun Navoiy davlat pedagogika institutiga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi J.Sarimsoqov tashrif buyurib, institut rektori, professor Muxiddin Kalonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv doirasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida belgilangan maqsadlarga erishilishi va vazifalarning o‘z vaqtida samarali bajarilishini jamoatchilik nazorati tartibida monitoring qilish masalalarida hamkorlik qilish muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning iste’mol madaniyatini shakllantirishda keng jamoatchilik, mutasaddi tashkilot va muassasalar, shu jumladan, professional, oliy ta’lim va fan sohasi vakillarini jalb qilgan holda chora-tadbirlar ishlab chiqish, seminarlar, davra suhbatlari hamda ommaviy tadbirlarni tashkil etish orqali iste’molchilarning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid masalalarda turli ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borishni tashkil etish, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini fuqarolarga keng tushuntirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishildi.