loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Talaba, magistr va tadqiqotchilarga qarshi chiqqan menga qarshi chiqqan hisoblanadi!” — professor M.Kalonov.

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov rahbarligida tanqidiy-tahliliy yig’ilish bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, Pedagog maqomi toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar haqida axborot berildi. Bu boʻyicha fakultet dekanlariga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlik qilish: bunda Uchquduq va Tomdi tumanlari, Zarafshon shahri maktablariga borib, taʼlim muassasalarining holati oʻrganilishi va metodik yordam koʻrsatilishi qayd etildi.

Shu bilan birga, ijro intizomi, mahalla yoshlari bilan ishlash mexanizmi, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish, obodonlashtirish masalalari tanqidiy muhokama qilindi. Ilmiy xodim, talaba, magistr va doktorantlar bilan “Ustoz-shogird” an’anasiga muvofiq faoliyat olib borish kerakligi taʼkidlandi. “Talaba, magistr va tadqiqotchilarga qarshi chiqqan menga qarshi chiqqan hisoblanadi”,— dedi professor M.Kalonov.

Yigʻilishda koʻrilgan baʼzi masalalar boʻyicha masʻullar tanqid qilinib, ogohlantirildi.