loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Samarqand shahrida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi start oldi

Forum Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilmoqda.

“Zamonaviy bosqichda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda oliy ta’lim va fanni rivojlantirish xususiyatlari” mavzusidagi anjumanda Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin yetakchi oliy ta’lim muassasasi rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 30 dan ortiq oliygoh rahbarlari, shular qatorida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov, Ilmiy ishlar va innovatisyalar bo‘yicha prorektor D.Narzikulova, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig’i I.Zaynutdinovlar ishtirok etmoqda.