loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut huzuridagi “Til oʻrgatish markazi” faoliyati oʻrganildi

Joriy yilning 12-iyul kuni Navoiy davlat pedagogika instituti ishchi guruhi tomonidan Tomdi tumanidagi “Til oʻrgatish markazi” oʻrganildi. Ishchi guruh aʼzolari — institut bosh auditori X.Tursunov, matbuot kotibi K.Xolov, Oʻqitishning texnik vositalari boʻlimi boshligʻi A.Muhiddinovlar tomonidan markazning faoliyati, moddiy-texnik bazasi nazorat qilindi. Aniqlangan bir qator kamchiliklar boʻyicha masʼul xodimlarga koʻrsatmalar berildi.

Til oʻrgatish markazi 2019-yilda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Tomdi tumani yoshlarini xorijiy tillarga oʻrgatish maqsadida tashkil etilgan.

Ushbu markaz Tomdi maktab-internati binosi (sobiq Tomdi agroiqtisodiyot kolleji)da joylashgan hamda uning moddiy texnik bazasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” hisobidan, Tomdi tumanining yoshlarini bepul oʻqitish Navoiy davlat pedagogika institutining byudjetdan tashqari mablagʻlari hamda “Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” hisobidan moliyalashtirilgan.

Oliy taʼlim muasasalarini rivojlantirish jamgʻarmasidan Tomdi tumanida tashkil etilgan “Til oʻrgatish markazi” binosini kapital taʼmirlash va jihozlash uchun 995 mln 786 ming soʻm mablagʻ ajratilgan.

“Til oʻrgatish markazi”da oʻtiladigan rus tili va ingliz tilining oʻquv fan dasturlari asosida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazidan olib kelingan ingliz tilidan 7 ta nomdagi 56 nusxa, rus tilidan 11 ta nomdagi 78 nusxada adabiyotlar institut tomonidan ajratilgan.