loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni boshlandi

Maʼlumki 2024/2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 14-iyuldan 28-iyulga kuniga qadar davom etishi belgilangan.

Bugun Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida test sinovlarining 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari uchun salqin joylar, farzandlarini imtihon jarayonida onlayn kuzatib borishlari uchun katta monitorlar o‘rnatilgan.

Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida volontyorlar abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun munosib xizmat qilishmoqda. Yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar uchun ota-onalar minnatdorchilik izhor qilishayapti.