Respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Xususan, Navoiy shahridagi 2 ta manzilda test jarayonlari davom etmoqda:
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test imtihonlarida Navoiy viloyatidan 42730 nafar abituriyent test imtihonlariga qatnashishi belgilagan.
Har kuni 2 smenada tashkil etiladigan test jarayonlarida ota-onalar hamda abituriyentlarga zarur qulayliklar yaratish maqsadida Navoiy shahridagi test o‘tkazish manzillarida Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati hamda “Volontyorlar guruhi» qizg‘in faoliyat yuritmoqda.
Volontyorlar ota-onalarni onlayn kuzatuv xonalari bilan tanishtirish, abituriyentlarni kerakli manzillarga to‘g’ri yo‘naltirishda ko‘maklashayapti.