loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NDPI talabasi “Mard o‘g’lon” davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi

Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti sirtqi ta’lim 5-kurs bitiruvchisi O‘ktamov Shohruh Rustam o‘g‘li  2024-yilgi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

U 2022-yilning avgust oyidan Navoiy viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni tumanlararo patrul-post xizmati guruhi safdor xodimi lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Ma’lumot uchun: Shohruh O‘ktamov sportning armrestling turi bo‘yicha Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori, O‘zbekiston va xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi.

Shohruh O‘ktamovning kelgusidagi sport va ijtimoiy faoliyatiga ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!