Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya taʼlim yoʻnalishining 2 nafar bakalavr talabalari hamda magistratura mutaxassisligining 1 nafar magistranti “Yozgi universitet — 2024” Xalqaro oʻquv mashgʻulotlariga qatnashish uchun Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal Universitetiga tashrif buyurishdi.
Ushbu forumga Oʻzbekiston, Belorus Respublikasi, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Kozogiston, Eron, Xitoy, Abxaziya, Janubiy Afrika hamda Rossiya Fedaratsiyasidan ishtirokchilar qatnashayapti.
“Yozgi Universitet-2024” Xalqaro o‘quv mashg’ulotlarida Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishi xamda Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi mutaxassisligi talabalari Engelgardt nomidagi Qozon Federal Universitetining Observatoriyasida o‘quv mashg’ulotlarini davom ettirishdi.
Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishi hamda Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi mutaxassisligi talabalari “Yozgi Universitet-2024” o‘quuv mashg’ulotlari doirasida Qozon Federal Universitetining “Geologiya va neftegaz texnologiyalari” instituti muzeyi bilan ham tanishishdi. Muzeyda dunyoning turli burchaklarida topilgan va ayni vaqtda muzeyda saqlanayotgan samoviy jismlar-meteoritlar kolleksiyasi bilan ham yaqindan tanishishdi. Shuningdek, muzeyda saqlanayotgan minerallar haqida ma’lumot oldilar.
Qozon Federal Universiteti Yuridik fakultetining faollar zalida Yoshlar ishlari vaziri R.N.Sadikov “Yozgi Universitet-2024” Xalqaro o‘quv mashg’ulotlarida ma’ruza qildi. Maruza yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, Xalqaro hamkorlik, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bag’ishlandi.
Ma’ruzadan so‘ng vazir Qozon Federal Universiteti Fizika fakultetini tamomlaganini aytib, Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishi hamda Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi mutaxassisligi talabalari bilan suhbatlashdi. Suhbat ko‘taringi ruxda, samimiy va mazmunli o‘tib, esdalik uchun rasmga tushishdi.
Xalqaro oʻquv mashgʻulotlaridan asosiy maqsad, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.