All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor oldi yigʻilish

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov dekanlar, ayrim boʻlim boshliqlari bilan yigʻilish olib bordi.

Yigʻilishda koʻrilgan birinchi masala bu Tibbiyot fakultetini boshqa joyga koʻchirish. Shu bilan birga, fakultetda taʼlim olayotgan talabalarga yetarlicha sharoit yaratib berish, kerakli tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash, simulyatsion va laboratoriya jihozlarni olib berish masalasi muhokama qilinib, bu boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriq berildi.

Fakultet dekanlariga yangi oʻquv yiliga munosib tayyorgarlik koʻrish, lavozim yoʻriqnomalarini shakllantirish, prorektorlar bilan birgalikda yaqin besh yillikdagi strategiya ishlab chiqish, startap va innovatsion loyihalar qilish vazifasi berildi.

Yaqinda institutga AQSHning Minnesota universiteti delegatsiyasi tashrif buyuradi. Ushbu universitet bilan Navoiy davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda. Bu boʻyicha xalqaro aloqalar boʻlimiga va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorga topshiriq berildi.

Komplayens nazorat boʻlimiga esa institutda korrupsiya, nepotizm, tanish-bilishchilik kabi illatlarga yoʻl qoyimaslik, bu boʻyicha barcha xodimlardan, professor-oʻqituvchilardan kafolat xatlari olinishi topshirildi.