All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Turkiyada chop etilgan o‘zbekistonlik iqtidorli ayol-qizlar haqidagi kitobdan NDPI talabalari faoliyati ham o‘rin oldi

Turkiyaning Alanya hokimligi huzuridagi “Baygench” nashriyoti va “Shine” Qizlar Akademiyasi tomonidan O‘zbekistonning turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlari ijodiy ishlari jamlangan “O‘zbekistanʼın lider kadınları” (“O‘zbekistonlik lider ayollar”) kitobi nashr etildi.

Yaqinda Alanya shahrida kitobning taqdimot marosimi bo’lib o’tdi va bu haqida Turkiya OAVda e’lon qilindi. Taqdimotda bir guruh o‘zbek-turk shoir- yozuvchilari, professor o‘qituvchilar va fan doktorlari, shuningdek to‘plamda o‘z ijod namunasi bilan ishtirok etgan mualliflar qatnashdi.

Ushbu kitobdan Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabasi Munira Oblayeva faoliyati va institut haqida fikrlari o‘rin olgan.