All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Akademik litsey koʻzdan kechirildi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov institut tarkibidagi Akademik litseyga tashrif buyurib, litsey faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab obodonlashtirish va tozalikka eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi. Oʻquv xonalari, manaviyat zali, oʻqituvchilar xonasi koʻzdan kechirildi. Professor-oʻqituvchilar hamda iqtidorli talabalar burchaklari mavjud boʻlib, ammo boʻsh joylari rasmlar bilan toʻldirilmaganligi tanqid qilindi. Shuningdek, litsey hududida qurigan daraxtlarni butash, gullar va daraxtlarni sugʻorish kerakligi aytildi. Taʼlim sifatiga eʼtibor qaratish, bitiruvchilarni OTMlariga qamrash koʻrsatgichini 100% foizga yetkazish kerakligi taʼkidlandi.

Akademik litsey 1998-yildan buyon Navoiy davlat pedagogika instituti tasarrufida. Litseyda Aniq fanlar (matematika, fizika), ingliz tili, ona tili va adabiyoti, biologiya, kimyo, huquqshunoslik boʻyicha mutaxassiliklarda oʻquvchilar tahsil olishadi.

Akademik litseyda bugungi kunda 7 ta interaktiv elektron doska, jami 66 ta kompterlar mavjud boʻlib, shundan, 28 ta informatika oʻquv xonasida, 28 ta xorijiy til oʻquv xonalarida, 6 ta kutubxonada, 14 ta tashkiliy boʻlimlarda foydalanib kelinmoqda. Akademik litsey kutubxonasida bugungi kunda 1715 nomdagi oʻquv adabiyotlari mavjud boʻlib, shundan, 220 nomda darsliklar, 106 nomda uslubiy qoʻllanmalar, 64 nomda elektron darsliklar, 45 nomda maʼruza matnlari va 1280 nomda siyosiy, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlari mavjud

Akademik litseyda 58 nafar pedagog va xodimlar faoliyat yuritadi. Ulardan 6 nafari falsafa fanlari doktori (PhD), 23 nafari bosh oʻqituvchi, 7 nafari yetakchi oʻqituvchi, 17 nafari katta oʻqituvchi, 5 nafari oliy maʼlumotli pedagog xodimlarni tashkil etadi.
Litseyda faoliyat yurituvchi xorijiy til oʻqituvchilardan
7 nafari Milliy sertifikatga va 3 nafari Xalqaro sertifikatga ega. Umumtaʼlim fan oʻqituvchilaridan 12 nafari oʻz fani boʻyicha Milliy sertifikat, 2 nafari Xalqaro sertifikat sohiblari hisoblanishadi.

Tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 2023/2024 oʻquv yilida – 411 nafar. Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyni 2020-2021 oʻquv yilida bitirgan 217 nafar bitiruvchilardan 206 nafari (95 %), 2021-2022 oʻquv yilida bitirgan 188 nafar bitiruvchilardan 182 nafari (96,8%), 2022-2023 oʻquv yilida bitirgan 205 nafar bitiruvchilardan 202 nafari (98,5%) oliy oʻquv yurtlari talabalari safiga qabul qilindi. Shundan 109 nafari (54%) davlat oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilindi.