Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov institut huzuridagi Navbahor koʻp tarmoqli texnikumiga tashrif buyurib, texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoniga muvofiq Navbahor koʻp tarmoqli texnikumi Navoiy davlat pedagogika instituti tasarrufiga berilgan.
Navbahor koʻp tarmoqli texnikumi 615 nafar oʻquvchi oʻrniga ega. Texnikumda “Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha)”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi”, ”Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi”, “Kompyuter injiniringi”, “Metallurgiya mashinalari va jihozlari (i/ch turlari boʻyicha)”, “Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash sohasini metrologik taʼminlash” mutaxassisliklarida oʻquvchilar taʼlim olishadi.
Institut rektori mazkur taʼlim dargohi bilan tanishar ekan, binoga kiraverishda Muhtaram Prezidentimizning taʼlim va tarbiya borasidagi fikrlari, fotosuratlari aks etgani boʻyicha masʼullarga har bitta fakultetda huddi shu namunani tashkil qilish topshirigʻini berdi. Institut rektori, professor M.Kalonov texnikumning oʻquv va kompyuter xonalari, axborot-resurs markazini koʻzdan kechirdi. Xonalar sifatli va did bilan, tartibli oʻrnatilganligi aytilib, koʻzga tashlangan baʼzi bir kamchiliklarni bartaraf etish kerakligi tushuntirildi.
Texnikum hududida pomidor yetishtirish uchun issiqxona barpo etilgan. Institut rektori issiqxonani yanada kengaytirish boʻyicha texnikum direktoriga oʻz tavsiyalarini berdi. Shuningdek, ishlab chiqarish, tijoratlashtirish loyihalari va innovatsion “Spin-off” yaratish, kirish va chiqishda “Face-ID” koʻrilmalarni oʻrnatish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.