loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tibbiyot fakulteti oʻrganildi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxidldin Kalonov Tibbiyot fakultetida boʻlib, fakultetni joylashuv manzilini boshqa joyga koʻchirish masalasini koʻrib chiqdi.

Tibbiyot fakultetida hozirgi kunda 251 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultet Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi binosi hududida ijara asosida turipti. Texnikum kontingenti koʻtarilishi munosabati bilan balansidagi — Tibbiyot fakulteti binosiga ehtiyoj sezilmoqda. Institut rektori masʼullar hamhorligida fakultet oʻquv auditoriyalari, bu yerdagi jihozlarni ko‘zdan kechirib, fakultetni boshqa joyga koʻchirish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi. Shuningdek, talabalarga sifatli ta’lim berish, fakultetda kafedralar tashkil qilish, simulyatsion, laboratoriya xonalari sonini va undagi jihozlarni ko‘paytirish kabi masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.