All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NDPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

Navoiy davlat pedagogika institutida 2024/2025 o‘quv yilida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Jumladan, “Jismoniy madaniyat”, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlariga start berildi.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, sport zallari va auditoriyalar shay holatga keltirilgan.  Mazkur jarayonlarni  ochiq, shaffof va adolatli oʻtishi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi a‘zolari va mas’ullar nazorat olib bormoqda.

Imtihonlarni shaffof va adolatli olib borilayotganini kuzatish maqsadida ota-onalar quyidagi havola orqali jarayonni kuzatib borishlari mumkin.

Onlayn kuzatish uchun havola: https://nspi.uz/?page_id=21127